O‘zbekiston TIVda Jazoir elchisi bilan ikki tomonlama hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi
2016-yilning 26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Jazoir Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Naser Busherit bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida 2016-yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi hamkorlikning amaliy jihatlari hamda o‘zaro manfaatli boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar