Meksikaning g‘arbidagi Xalisko shtati sohillarida 6,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “TASS” bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Mahalliy hukumat aholini qisman, shu jumladan, bir qator idora vakillarini va bir nechta shifoxonaning xodim va bemorlarini evakuatsiya qildi.
Yer osti silkinishlarining o‘chog‘i Siuatlan shahridan 227 kilometr g‘arbda, 10 kilometr chuqurlikda qayd etildi. Zilziladan keyin hukumat vakillari shtatning 125 ta hududiy bo‘linmasidan ma’lumot yig‘a boshladi.
Mumkin bo‘lgan qurbon va yetkazilgan zarar to‘g‘risida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)