Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniya janubidagi Rayd shahrida yashovchi eng keksa ayol Gledis Xuper 18-yanvar, dushanba kuni 113 yoshga kirishi munosabati bilan bir piyola choy, tort bo‘lagi va yangi yasama tish so‘radi. Bu haqda The Telegraph xabar beradi.

Foto: The Telegraph

Foto: The Telegraph

2015-yilning oktabrida u Ginnesning Rekordlar kitobiga mamlakatning eng keksa odami sifatida kiritilgan edi.

12 yil davomida Xuper Rayddagi qariyalar uyida yashab keladi. U yerga tug‘ilgan kunni nishonlash uchun uning qarindoshlari va do‘stlari yetib keldi. Xuperning 85 yoshli o‘g‘li Derek Xermistonning so‘zlab berishicha, uning onasi professional pianinochi bo‘lgan. “Hozir ham biz ba’zan uning barmoqlari pianino chalayotgandek harakatlanishini ko‘ramiz. O‘ylashimcha, u shu tarzda o‘tmishidagi musiqalarni eslaydi”, — deydi Xermiston.

Xuper 1903-yilda Braytonda dunyoga kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya prezidentligiga nomzod Do‘g‘u Perinchek saylovda g‘alaba qozonsa, mamlakatni NATOdan chiqarishga va’da berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi
Sport
Krishtianu Ronaldu terma jamoalar miqyosida ikkita tarixiy rekord qayd etdi