Suriya prezidenti Bashar Asad oilasining do‘sti Suleyman Franjye Livan prezidentligi uchun saylovlarda nomzod sifatida ishtirok etishini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Franjye saylovlarda o‘z nomzodini qo‘yishini mahalliy televideniyega bergan intervyusida ma’lum qilgan. Biroq uning nomzodi qo‘yilganligi hozircha rasman e’lon qilinmagan.
Suleyman Franjye-kichkina – Ichki ishlar vazirligining sobiq vaziri, mamlakatning sobiq prezidenti Suleyman Franjyening nabirasidir. Uning Asad oilasi bilan do‘stona munosabatlari bolalikdan, Livanning marhum prezidenti Franjye nabirasi bilan suriyalik hamkasbi Hafiz Asadni ko‘rish uchun Damashqqa tashrif buyurgan kezlarda boshlangan.
Avvalroq OAV Livan prezidentligi uchun saylovlar 2016-yilning 7-yanvariga ko‘chirilganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)