Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Reality Editor (“Reallikni tahrirlash”) deb nomlanuvchi mobil dasturni Massachusets texnologiya instituti foydalanuvchi interfeyslari laboratoriyasi muhandislari ishlab chiqdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Reality Editor hozircha faqat iOS-qurilmalar uchun mo‘ljallangan. U qandaydir qurilma bilan o‘zaro birgalikda ishlayotgan boshqa qurilmani muayyan harakatlarni amalga oshirish uchun dasturlash imkonini beradi.

Dastur ekranida to‘ldirilgan reallik aks etadi, unda bizga tanish bo‘lgan dunyo suratini ko‘rsatmalar, tasvirlar bilan to‘ldirilgan holda ko‘rish mumkin. Uy yoki ofisdagi obyektlarni birlashtirish orqali ko‘plab kundalik ishlarni bajarish mumkin, masalan, mashinaga o‘tirish chog‘ida konditsionerni o‘chirish, yoki xonadagi chiroq va televizorni bitta yoqib-o‘chirgich bilan o‘chirish mumkin.

Aloqa o‘rnatish uchun smartfon yoki planshet kamerasini “aqlli” obyetklarga qaratish va ekranda ularni chiziq bilan birlashtirish kerak. Dasturda obyektlar ularga tushirilgan va QR-kodlar tamoyilida ishlaydigan maxsus naqshlar yordamida tanib olinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi
Mahalliy
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi