Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

9-dekabr, chorshanba kuni noma’lum xudkush Iroq poytaxtining sharqida joylashgan shialar masjidi yonida o‘zini portlatib yuborganligi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi va yana 20 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “Sinxua” bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.

Foto: “AP Photo/ Hadi Mizban”

Foto: “AP Photo/ Hadi Mizban”

Xudkush portlovchi moslamani Ahl al-Bayt masjidiga kiraverishda mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da ishga tushirdi.

Xabar qilinishicha, qurbonlar soni ko‘payishi mumkin. Voqea joyida shifokorlar va politsiya xodimlari ishlamoqda.

Hozircha, hududda harakatlanuvchi radikal guruhlarning hech biri yuz bergan portlashni o‘z zimmasiga olmagan.

Mamlakatning bir qismini egallab olgan IShID radikal guruhining harakatlari oqibatida Iroqdagi vaziyat tarangligicha qolmoqda.  Jangarilar, asosan tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib kelayotgan hujumlar uyushtirib, teraktlar sodir etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi videosini tarqatmaslik uchun 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Shou-biznes
“Kimdir meni yo‘q qilmoqchi, ammo buni uddalay olmayapti”. Muyassar Razzoqova 6 yildan beri “zapret”da ekanligi hamda O‘zbekistondan ketish istagi haqida
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)