9-dekabr, chorshanba kuni noma’lum xudkush Iroq poytaxtining sharqida joylashgan shialar masjidi yonida o‘zini portlatib yuborganligi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi va yana 20 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “Sinxua” bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Xudkush portlovchi moslamani Ahl al-Bayt masjidiga kiraverishda mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da ishga tushirdi.
Xabar qilinishicha, qurbonlar soni ko‘payishi mumkin. Voqea joyida shifokorlar va politsiya xodimlari ishlamoqda.
Hozircha, hududda harakatlanuvchi radikal guruhlarning hech biri yuz bergan portlashni o‘z zimmasiga olmagan.
Mamlakatning bir qismini egallab olgan IShID radikal guruhining harakatlari oqibatida Iroqdagi vaziyat tarangligicha qolmoqda. Jangarilar, asosan tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib kelayotgan hujumlar uyushtirib, teraktlar sodir etmoqda.
Izoh (0)