Londonning “Chelsi” futbol klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa futbolchilariga tungi klubga borishga ruxsat berdi. Bu haqda Mirror nashri bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar beradi.
Murabbiy shu yo‘l bilan Angliya chempionatining “Bornmut”ga qarshi o‘yini oldidan “Chelsi” o‘yinchilarni yanada jipslashtirish va jamoa ruhini ko‘tarishga qaror qildi.
Bundan oldin portugaliyalik mutaxassis futbolchilar bilan birgalikda bir restoranda kechki ovqatni tanovul qildi, keyin esa, o‘yinchilarga kechani tungi klubda davom ettirishga ruxsat berdi.
Manbada xabar qilinishicha, Diyego Kosta, Ramires va Kenedi tungi klubni ertalab soat uchdan keyin tark etgan.
Izoh (0)