Ukraina hukumati Rossiya samolyotlari uchun havo hududini to‘liq yopishga qaror qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: “Cyplive”

Foto: CypLive

Mamlakat bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning ma’lum qilishicha, endi Rossiya havo kemalariga hatto Ukraina ustidan uchib o‘tish ham man etiladi. Mazkur taqiq qachondan kuchga kirishi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 25-oktabridan boshlab Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar to‘xtatilgandi.