Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qatar poytaxti Doha shahrida yakuniga yetib borayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida yarim finalning barcha uchrashuvlari o‘tkazilib, final jangi qatnashchilari ma’lum bo‘ldi. 12-oktabr oqshomida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik uch nafar charm qo‘lqop ustasining barchasi raqiblariga imkoniyatni boy berdi, deb xabar qiladi “Olamsport”.

Foto: “Olamsport”

Foto: “Olamsport”

Avvaliga 60 kg vazn toifasidagi Elnur Abduraimov kubalik raqibi Lazaro Alvaresga 0:3 (27:30, 27:30, 27:30) hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shundan so‘ng 81 kg vazndagi terma jamoa yetakchisi Elshod Rasulov irlandiyalik Yozef Uord bilan tengma-teng kechgan bahsda mag‘lubiyatga uchradi. Jang mobaynida o‘zbekistonlik sportchi qoshidan olgan jarohati sabab ikki bor shifokorlarga murojaat qilishiga to‘g‘ri keldi. Yakunda hakamlar 29:28, 29:28, 29:28 hisobida g‘alabani Uordga tortiq etdi.

O‘zbekistonliklardan so‘nggi bo‘lib ringga superog‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov ko‘tarildi. U qozog‘istonlik taniqli bokschi, London olimpiadasi bronza medali sovrindori Ivan Dichkoga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va bronza medali bilan taqdirlandi.

Demak, hal qiluvchi final janglarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Murodjon Ahmadaliyev (-56 kg), Fazliddin G‘oipnazarov (-64) hamda Bektemir Meliqo‘ziyev (-75) jahon chempionligi uchun ringga ko‘tariladi. Final janglari 14—15-oktabr kunlari o‘tkaziladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda