Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Fransiya huquq-tartibot idoralari xodimlari Air France aviakompaniyasi top-menejerlariga hujum uyushtirganlikda gumon qilinayotgan to‘rt kishini hibsga oldi.  Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: “NTV”

Foto: “NTV”

Ularni kompaniya xodimlar bo‘limi boshlig‘i Ksavye Brozete va uzoq masofalarga parvoz departamenti rahbarining o‘rinbosari Pyer Plisonyega hujum aks ettirilgan videoyozuvlar yordamida aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. Qo‘lga olinganlar Air France yuklarni yetkazish xizmati xodimlari bo‘lgani aytilmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, aynan ular top-menejerlarga hujum tashkilotchilari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, aviakompaniya xodimlari va rahbariyat vakillari o‘rtasidagi mojaro 5-oktabr kuni Air France’ning Sharl de Goll aeroportidagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan. Aviakompaniyaning mingga yaqin xodimlari ish o‘rinlarini qisqartirish masalasida yig‘ilish o‘tkazilayotgan ofisga bostirib kirgan va Brozete hamda Plisonyega tashlanib, kiyimlarini yirtgan.

Noroziligini bildirayotgan olomon orasidan shu holda o‘tib borayotgan ikki top-menejer tasvirlangan videolavha butun dunyo OAVlariga tarqaldi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston konditsionerlarni eng ko‘p qaysi davlatga sotayotgani ma’lum bo‘ldi
Sport
“Barselona” transferlari uchun klublardan 142 million yevro qarz
Dunyo
AQSH tarixidagi eng qonli jinoyat, avtomobil sanoatida tub burilish yasagan “Tunuka Lizzi” va ko‘pxotinlikda ayblanib, ushlangan mormonlar yetakchisi. Kun tarixida...