Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasi 2016-yil 1-iyulga qadar qurib bitkaziladi, deya xabar bermoqda UzDaily O‘zbekiston hukumatining qaroriga tayanib.

Foto: Topnews

Foto: Topnews

Vazirlar Mahkamasi 30-sentabrda “Toshkent shahrida xalqaro sinfdagi mehmonxona qurilishini yakunlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unda qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimiyati va Hyatt International Limited kompaniyasi o‘rtasida mehmonxonani boshqarish va mehmonxonaga Hyatt Regency savdo belgisidan foydalanish huquqini taqdim etish bo‘yicha shartnomaning asosiy shartlari haqidagi kelishuv imzolangan.

Loyiha 2016-yil 1-iyulgacha xalqaro standartlarga muvofiq ravishda 301 ta xona uchun mehmonxona jamg‘armasiga ega zamonaviy otel, shuningdek, yordamchi bino va inshootlarni qurishni nazarda tutadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zaporojyeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar. Urushning 225-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Yaqinda besh million olgan ekansiz, shu sabab murojaatingiz rad qilindi deb yozaman” — Toshkent viloyati hokimi
Madaniyat
Davron G‘oyipovning qanday kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi