Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida 2015-yilning to‘qqiz oyi davomida 70 ming 563 nafar urush nogironi, qatnashchilari hamda mehnat fronti faxriylari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Tibbiy ko‘riklar natijasida 35 ming 367 nafar bemor ambulator sharoitda, 6 ming 340 nafari statsionarda, 22 ming 512 nafari uydagi statsionarda sog‘lomlashtirildi, 6 ming 344 nafar urush faxriylariga sanatoriyalarga tavsiya berildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv muassasalari klinikalarining tajribali mutaxassislari ishtirokida 97 ta mahorat darslari o‘tkazilib, 5 ming 910 nafar keksalarga yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Shu bilan birga, hududiy tibbiyot muassasalari amaliyotiga diagnostika va davolashning 70 ta yangi usullarini joriy etgan holda 400 ta ko‘rgazmali murakkab jarrohlik operatsiyalari o‘tkazildi, 14 ming 217 nafar keksalarga viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda