Kaliforniyaning Tesla Motors kompaniyasi yangi elektrokar modeli Model X’ni sotish boshlanganligini ma’lum qildi. Bu avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya tarixidagi birinchi krossoverdir, deb xabar beradi “Vc.ru”.
Tesla Model X 772 ot kuchini ta’minlovchi ikkita elektr dvigateli bilan ta’minlangan. Bir marta kuchlanish bilan maksimal tezligi soatiga 250 kilometrga yetuvchi krossover 400 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin.
Elektrokarning orqa eshiklari “chayka qanoti” shaklida ishlab chiqarilgan.
Orqa qatorni esa ikki yoki uch nafar yo‘lovchi uchun o‘rindiqlar bilan jihozlash mumkin.
Avtomobil, shuningdek, o‘rindiqlarning uchinchi qatori bilan ham ta’minlangan.
Yevropada ham ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilayotgan Model X’ning bahosi 130 ming dollardan boshlanadi.
Izoh (0)