Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 2015-yilning 9-sentabr oqshomida mamlakat tarixidagi eng uzoq hukmronlik qilgan monarxga aylanadi, deb xabar beradi The Telegraph.
U taxtni 63 yil, yetti oyu ikki kun boshqargan qirolicha Viktoriya rekordini yangilaydi.
Bayram kuni qirolicha turmush o‘rtog‘i hamrohligida Edinburgdan Tvidbenkkacha ikki soat davomida poyezdda sayohat qiladi. Sayohat so‘ngida esa qirolichaning rekord muddat mobaynida o‘ziga ishonch bildirgan fuqarolariga minnatdorlik bildirib, so‘zga chiqishi kutilmoqda.
Mamlakat qirolicha rekordini barcha mumkin bo‘lgan yo‘llar bilan nishonlaydi.