Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimida UEFA talqini bo‘yicha Yevropaning 2014/15-yilgi mavsumidagi eng yaxshi o‘yinchi nomi e’lon qilinadi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.

Foto: karpatalja.ma

Foto: karpatalja.ma

Mazkur nomga uch futbolchi — argentinalik Lionel Messi (“Barselona”), portugaliyalik Krishtianu Ronaldu (“Real Madrid”) va urugvaylik Luis Suares (“Barselona”) da’vogarlik qilmoqda.

Eng yaxshi o‘yinchi nomini aniqlaydigan hay’at a’zolari UEFA tarkibidagi barcha 54 mamlakatdan taklif etilgan jurnalistlardan iborat.

Hay’atning har bir a’zosi besh nafardan o‘z nomzodini ilgari surgan, saralab olingan 35 futbolchidan 10 nafari ikkinchi bosqichga o‘tgan. Ular orasidan oxirgi uch nafari final bosqichiga yo‘l olgan.

Ma’lumot uchun, YeChL guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 27-avgust, payshanba kuni Monakoda bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda