Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston korxonalarining savdo missiyasi 2015-yil 17-sentabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Foto: uz24.uz

Foto: uz24.uz

Tashrif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Qozog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va rivojlanish bo‘yicha vazirligining Kaznex Invest eksport va investitsiyalar milliy agentligi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Delegatsiya tarkibiga mashinasozlik, kimyo, qurilish, farmatsevtika, oziq-ovqat va metallurgiya sohalarida ishlovchi 20 ta kompaniya vakillari kiradi. Tashrif davomida O‘zbekistonning ulgurji savdo va distribyutor kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkaziladi.

Shuningdek, Qozog‘iston mahsulotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va Qozog‘iston kompaniyalarining O‘zbekistonda davlat xaridlaridagi ishtiroki yuzasidan davlat organlarida uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi