Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

2016-yil 1-yanvardan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashayotgan hamda yolg‘iz keksa va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish yakka tartibda shakllantiriladigan ijtimoiy xizmatlar dasturi asosida amalga oshiriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Qaror orqali O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari bilan bepul ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yil oxirigacha ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam olayotgan keksalar va nogironlarni hisobga olishning yagona registrini yuritish topshirildi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy ishlar (keksalar va nogironlar bilan)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash rejalashtirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi