Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, o‘tgan hafta mobaynida respublika hududida 271 ta yong‘in sodir bo‘lgan.

Foto: 24.kz

Foto: 24.kz

Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 5 nafar fuqaro tan jarohati olgan. 1 milliard 31 million so‘mdan ortiq qurilish materiallari va 802 million so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Toshkent viloyati Yuqori-Chirchiq tumanida yashovchi J.To‘xtaboyevning uyida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada uyning 100 kv metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi fuqaro A.Fozilovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 70 kv metr maydonda hamda qo‘shnisining uyining 12 kv metr maydonda tom qismlari yonib zararlangan.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi T.Maxamatkarimovning uyida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada uyning 120 kv metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda sentabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
Sport
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 7 ta gol urilgan o‘yinda Bahraynni tor-mor etdi
Dunyo
Alla Pugachyova qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ydi