Moskvaning SSKA klubi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy Rossiyaning futbol bo‘yicha terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Rossiyalik mutaxassis bilan shartnoma 2016-yilgi Yevropa chempionatining saralash bosqichi oxiriga qadar tuzildi. Bu davrda u Rossiya termasi bosh murabbiyligi va SSKA klubi murabbiyligini birgalikda olib boradi. Bu qaror Rossiya Federatsiyasi Sport vazirligi tomonidan ma’qullandi.
Izoh (0)