Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistondagi eng ommabop internet-nashrda ishlashni xohlaysizmi? Dunyo va O‘zbekistondagi so‘nggi yangiliklarni o‘z tengqurlaringizga muntazam yetkazishni-chi? Yoshlar bilan doim muloqotda bo‘lishni-chi?

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Biz bir necha aqlli, qiziquvchan va intiluvchan yoshlarni ishga olamiz. Ammo O‘zbekistonning eng ommabop internet-nashrida ishlash oson emas! Avvalgi bergan e’lonimizdan so‘ng, bizga yuzga yaqin rezyume kelib tushdi va shundan faqat birgina kishini ishga oldik.

Bizga zo‘r jurnalist kerak!

Vazifalaringiz:

  • “Daryo” internet-nashri uchun xabar va mualliflik maqolalari yozish;
  • Chet el internet-nashrlari va axborot agentliklari xabarlarini tarjima qilish;
  • Facebook, Twitter, “Odnoklassniki” va “Muloqot”dagi “Daryo” guruhlarini o‘zbek tilida yuritish;
  • va boshqa internet-jurnalistikaga bog‘liq vazifalar.

Bizda:

  • Oylik: 800 ming so‘m va undan yuqori;
  • Yangi, zamonaviy kompyuter;
  • Yosh, qiziqarli, xushchaqchaq jamoa;
  • Bepul, mazali tushlik (bay-bay-bay);
  • Ofisimiz shaharning qoq markazida (“Bunyodkor” metrosi yonginasida);
  • Rasmiy mehnat shartnomasi.

Sizga qo‘yiladigan talablar:

  • O‘zbek va rus (yoki ingliz) tillarini mukammal bilish;
  • Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvini mukammal bilish;
  • Yoshingiz: 20 dan 30 gacha;
  • Oliy ma’lumot (universitetni bitirgan bo‘lishingiz kerak);
  • Kompyuterda bemalol ishlash;
  • Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati propiskasi (vaqtincha propiska ham bo‘lishi mumkin).

Qiziqdingizmi? U holda:

Quyidagi maqolalarni tarjima qilib, qisqartirib, “Daryo” stilistikasiga moslab, bizga yuboring:
  1. http://dy.uz/UeR
  2. http://dy.uz/bgz

“Daryo” stilistikasi nima?

  • Qisqa va lo‘nda (160—200 so‘z);
  • Kirish so‘z va xotima;
  • 20—30 yoshli auditoriyaga qiziq bo‘lgan mavzu;
  • Raqamlarga e’tibor;
  • O‘ziga jalb qiluvchi sarlavha;
  • Eniga kamida 900 pikselli fotosurat.
Bizning talablarni to‘liq tushunib yetish uchun, iltimos, nashrimizdagi xabarlarni yaxshilab o‘rganib chiqing.

Yuqoridagi talablarni bajargan holda, tarjimalaringizni Microsoft Word formatida, rezyumengiz bilan birga rezyume@simple.uz elektron manziliga yuboring.

Ta’kidlash joiz, talablarga javob bermagan tarjimalar ko‘rib chiqilmaydi.

[divide style="2"]

“Daryo” nashri haqida

“Daryo” internet-nashri Simple Networking Solutions MChJga tegishlidir. Kompaniya 2011-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirda “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i, “Daryo” internet-nashri va boshqa saytlarni yuritadi.

“Daryo” nashriga bir oyda 600 000 dan ortiq kishi tashrif buyuradi. “Daryo” O‘zbekistondagi eng ommabop onlayn-OAV bo‘lib, 2014-yil o‘tkazilgan Milliy .Uz domeni internet festivalida ushbu ko‘rsatkich alohida e’tirof etilgan.

Ana shunaqa! :)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Dunyo
Lukashenko “kuchsiz Mercedes” tufayli YOII sammitiga piyoda keldi (video)