AQShning Nyu-Meksiko shtatida joylashgan Las-Kruses shahridagi ikki cherkovda 2-avgust, yakshanba kuni portlash sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”. Mahalliy politsiya boshqarmasining ma’lum qilishicha, har ikkala hodisadan hech kim jabrlanmagan.
Birinchi portlash AQSh va Meksika chegarasidan 80 kilometr masofada joylashgan baptistlar cherkovi hududida sodir bo‘ldi. Bomba pochta qutisi yaqinida bo‘lgan.
30 daqiqadan so‘ng, hodisa yuz bergan hudud yaqinida joylashgan katolik cherkovida ikkinchi portlash yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, portlash qurilmasi axlat qutisida bo‘lgan.
Har ikkala cherkov xodimlari va dindorlar evakuatsiya qilindi. Politsiya sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan tekshiruv ishlarini boshladi.
Izoh (0)