Poyga bo‘yicha yetti karra jahon chempioni Mixael Shumaxerning sog‘lig‘i yaxshilanmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net” uning menejeri Sabina Kem ma’lumotiga tayanib.
2014-yilning sentabr oyida Shumaxer kasalxonadan chiqarilib, Shveysariyadagi uyiga keltirilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, endi u to‘shakka mixlanib qolmagan va davo muolajalaridan bo‘sh paytlarda deraza yonida o‘tirishi mumkin. Shuningdek, u qarindoshlarini taniy boshlagan, biroq yuz muskullarining qurishi tufayli gapirish qobiliyatini yo‘qotgan.
2013-yilning 29-dekabr kuni Alp tog‘larida chang‘idan yiqilishi natijasida uning bosh miyasi jiddiy shikastlangan edi.
Izoh (0)