Pokistonda besh nafar qotillikda ayblangan mahbus qatl etildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Hukm Panjob viloyatining ikki qamoqxonasida amalga oshirildi. O‘lim jazosiga mahkum etilgan besh kishidan ikki nafari o‘g‘irlangan talaba uchun garov puli undira olmagach, uni o‘ldirganlikda ayblangan. Mahbuslardan yana biri ayol kishi va besh nafar bolani o‘ldirganligi uchun jazoga tortilgan.
Pokiston hukumati muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan o‘lim jazosining ijrosini to‘xtatib turgan edi. Iyd al-Fitr bayramidan so‘ng u yana yo‘lga qo‘yildi, shu tariqa Ramazon oyi tugagandan buyon Pokistonda 15 kishi qatl etildi.