23-iyul, payshanba tongida Ukrainaning Karpatorti viloyati, Perechinsk tumanidagi Turichki-Lipovets yo‘lida ro‘y bergan avtohalokat tufayli o‘n kishi jabrlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
GAZ-66 avtomobili haydovchisi yo‘lning tik ko‘tarilishiga tirmashayotganda jarlikka qulab, daraxt bilan to‘qnash keldi. Buning oqibatida o‘n nafar yo‘lovchi turli darajada jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Ushbu holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.