Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Avstraliya, Gollandiya, Belgiya, Malayziya va Ukraina tashqi ishlar vazirlari urib tushirilgan “Boing” ishini ko‘rib chiqish uchun imkon qadar qisqa fursatda BMT tribunalini tashkil etishga chaqirib, ochiq xat yo‘lladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Qulagan “Boing” bo‘laklari. Foto: LiveJournal / Varlamov

Qulagan “Boing” bo‘laklari. Foto: LiveJournal / Varlamov
“Bunday tribunal yuqori darajadagi shaffoflik, xolislik va hisobdorlikni ta’minlaydi”, — deyiladi The Financial Times gazetasida chop etilgan maktubda.

“Xavfsiz parvozlar xalqaro aloqalar rivoji va tinchlik uchun zarurdir. Shu sababli ham biz mazkur dahshatli hujumni jazosiz qoldira olmaymiz”, — deyiladi ochiq xatda.

Eslatib o‘tamiz, Malaysia Airlines’ga tegishli “Boing” samolyoti 2014-yil 17-iyul kuni Ukraina ustidan uchib ketayotgan vaqtida qulagan. Hodisa natijasida 298 kishi halok bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi