Mashhur aktrisa Demi Murga qarashli uydagi basseyndan 21 yoshli erkakning jasadi topildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Los-Anjeles politsiyasining ma’lum qilishicha, u 18-iyul, shanba kuni o‘tkazilgan kechaning mehmonlaridan biri bo‘lishi mumkin. Erkak kishining jasadi 19-iyul, yakshanba tongida topilgan.Bu paytda Demi Mur va uning bolalari ham uyda bo‘lmagan.
Izoh (0)