Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi iyul oyida Lola, Anvar Sobirov, Tamila va Yagonaning litsenziyasini bekor qildi. Muxlislarda uyg‘onayotgan “Aynan nima uchun?” degan savolga birlashmaning litsenziya bo‘limi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov izoh berdi, deb xabar qiladi “Sayyod.com”.

Foto: behance.net

Foto: behance.net

“Lola oxirgi paytlarda milliy mentalitetimizga haddan tashqari to‘g‘ri kelmaydigan kiyimlarni kiyishi va uni yana ommaga ko‘rsatishi, yoshlarga reklama qilib xuddiki targ‘ib qilayotgandek bo‘lmoqda. Vaholanki, bir necha marotaba birlashma tarafidan ogohlantirilgandi. Shunga qaramasdan u qayta takrorlagani va nafaqat kiyimi, balki ijtimoiy tarmoqlarda qo‘yayotgan suratlarining yoshlarga sharm-hayo, ibo va uyat borasida salbiy ta’siri kuzatiladi va buni uning izohlaridagi xalqning e’tirozlaridan ham ko‘rish mumkin”, — dedi Odiljon Abduqahhorov.

“Xabaringiz bor, viloyatlar bo‘ylab ma’naviyat darslari o‘tilmoqda. Yoz bo‘yi san’atkorlar viloyatlarga chiqib, ushbu darslarda qatnashib, yoshlar bilan uchrashmoqda. Ma’naviyat targ‘iboti borasidagi darslarga qatnashmaganligi uchun Anvar Sobirovga shunday chora ko‘rildi.

Tamila ham bir necha bora ogohlantirilishiga qaramasdan uchta klipi shunaqangi bemaza... U ham ma’naviyat darslarida ko‘rinmadi.

Yagona ham viloyatlardagi bir-ikki uchrashuvlarga chaqirilganida bahona qilib bormadi. Toshkentdagi majlis bo‘lganida Ramazon vaqtida hammaning bo‘sh payti bo‘lgan davr bo‘lsa ham kelmadi.

Sobirjon Mo‘minov esa texnik xato bilan jazolanganlar ro‘yxatiga tushib qolgan. Shunday texnik xato asosida esa ogohlantirilganlar ro‘yxatidan Otabek Mutalxo‘jayev tushib qolgan va keyin u kiritildi”, — deb so‘zini yakunladi litsenziya bo‘limi boshlig‘i.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritiladi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Madaniyat
“Ikki o‘g‘lim AQShda tahsil oladi, ularning san’at yo‘lidan ketishini istamadim”. Anvar Sanayev farzandlari haqida (video)