Saudiya Arabistoni neftchilari neft qazib olish hajmi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi, deb xabar beradi RBC.
Ular 2015-yilning iyun oyida har kuni 10,564 million barrel neft qazib oldi. Shu tariqa iyun oyida Saudiya Arabistoni oldingi oydagi rekord ko‘rsatkichdan 200 ming barrel ko‘proq natijaga erishdi. O‘shanda bir kunda 10,33 million barrel neft qazib olingan edi.
Avvalroq Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi ijrochi direktori Ahmad al-Subay neftga bo‘lgan talabga qarab, neft qazib olish hajmini oshirishga tayyor ekanligini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)