Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayevni navbatdagi g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda Qodirov o‘z blogida xabar qoldirgan.

Foto: “ya-kadyrov.livejournal.com”

Foto: “ya-kadyrov.livejournal.com”

Eslatib o‘tamiz, Ruslan Chagayev WBA tasnifi bo‘yicha superog‘in vaznda Franchesko Pyanetani birinchi raunddayoq mag‘lubiyatga uchratdi.

“Magdeburg shahri “Ahmat” jang klubi vakili, mening qadrli ukam Ruslan Chagayevning kelib chiqishi italiyalik nemis bokschisi Franchesko Pyaneta ustidan qozongan yorqin, ajoyib va chiroyli g‘alabasiga guvoh bo‘ldi”, — deydi Qodirov.

“Ruslan WBA tasnifi bo‘yicha superog‘ir vaznda doimiy jahon chempioni unvoni sovrinini himoya qildi. Birinchi raunddayoq toza nokaut! Ruslan, biz sen bilan faxrlanamiz!”, — deydi Checheniston rahbari.

“U Checheniston, Rossiya, O‘zbekiston, Germaniyadagi barcha ishqibozlar, jahonning barcha musulmonlari, haqiqiy boksni sevadigan barchaning ishonchini oqladi. U bugungi kunda superog‘ir vaznda jahonning eng yaxshi bokschisi ekanligini isbotladi”, — deya qo‘shimcha qildi Ramzan Qodirov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Muhandislar xatoligi” — bolalar ustiga qulagan basseyn tomi, Moskvada uchuvchilar aybi bilan halokatga uchragan samolyot, sovet—fin urushining yakunlanishi. Kun x...
Mahalliy
Qo‘qonda voyaga yetmagan qiz xonadondan 1,5 mln so‘mlik tilla uzuk o‘g‘irladi
Sport
Lionel Messi mundialdagi gollar bo‘yicha Maradonaga yetib oldi. Argentinaliklardan faqat bir futbolchi undan oldinda