Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi muxlislarga minnatdorchilik bildirib o‘tdi. Shuningdek, hujumchi futboldagi eng alamli narsa nima ekanligiga ham to‘xtalib o‘tgan, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
“Futbolda finaldagi mag‘lubiyatdan ko‘ra alamliroq narsa yo‘q. Ammo men bu mavzuda ko‘p gapirishni istamayman. Og‘ir vaziyatlarda bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildirib o‘taman”, — deydi Messi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda o‘z yakuniga yetgan Amerika Kubogi musobaqasi finalida Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi Chiliga penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchragandi.
Uchrashuvdan so‘ng Lionel Messi musobaqaning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofotni olishni istamadi.