“Barselona” klubi “Atletiko” futbolchisi Arda Turan bilan kelishuvga erishganini e’lon qildi, deb xabar beradi “Championat.asia”.
Har ikkala klub futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. “Atletiko” Arda Turanni 34 million yevro evaziga sotishga rozi bo‘ldi. Shuningdek, bonus tariqasida “matraschilar” Turanning ishtirokiga qarab, 7 million yevro ishlab olishi mumkin. Futbolchi yaqin kunlar ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Shartnomada Arda Turanni “Barselona”ning yangi prezidenti “Atletiko”ning o‘ziga 30,6 million yevroga qaytarib sotishi mumkinligi ko‘rsatilgan.