Las-Vegasda dam olayotgan “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu amerikalik Ostin Vulstenxyulmga tegishli mobil telefonini topib oldi, deb xabar qiladi “Segodnya”.
O‘zini yo‘qotib qo‘ymagan sportchi apparat sohibasini topib, telefonni unga qaytardi. Bundan tashqari, Ronaldu qizni tushlikka taklif qildi.
Ostin Instagram tarmog‘idagi sahifasida Ronaldu bilan tushgan suratini joylashtirdi va quyidagilarni yozib qoldirdi:
“Yomon xabar: ikki kun oldin telefonimni yo‘qotib qo‘ydim. Yaxshi xabar: uni Krishtianu Ronaldu topib oldi. Juda ham yaxshi xabar: o‘tgan kecha u meni tushlikka taklif qildi”.