Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Rafael Benites, jamoa mavsumga tayyorgarlikni hali boshmagan bo‘lsa-da, ishga kirishib bo‘ldi. Bu haqda Marca nashriga tayanib, “Uff.uz” xabar qilmoqda.
“Real” yangi ustozi 10-iyul kuni klub sport bazasida shogirdlari bilan uchrashadi. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu bilan tegishli aloqalarni o‘rnatib olishni Benites birinchi galdagi vazifa, deb hisoblamoqda. Shu munosabat bilan murabbiy Portugaliya terma jamoasi o‘yinchisi bilan muloqotda bo‘lmoqchi.
Benites telefon orqali Ronaldu va boshqa futbolchilar bilan gaplashib olgandi, biroq portugaliyalik futbolchi bilan yuzma-yuz suhbat qurmoqchi. Benites jamoa bilan bog‘liq rejalari haqida Ronalduni boxabar qiladi. Bundan tashqari, Ronaldu ham Benites uni maydonning qaysi nuqtasida ko‘rmoqchi ekanligini bilib oladi.