Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston hukumati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga qarashli “O‘zekspomarkaz” AJning 38,3 foizini strategik xorijiy investorga sotish niyatida. Bu haqda Review.uz xabar bermoqda.

Foto: Review.uz

Foto: Review.uz

Bundan tashqari, nashr ma’lumotlariga ko‘ra, strategik xorijiy investorga vazirlikning yana bir tuzilmasi – “Xalqaro biznes markazi” AJ aksiyalarining 29,9 foizi taklif qilinadi.

Ma’lumot uchun, 44,6 gektar maydonni egallagan “O‘zekspomarkaz” umumiy maydoni 21 ming kvadrat metr bo‘lgan ko‘rgazma pavilyonlari, “Toshkentlend” ko‘ngilochar bog‘i, Yapon bog‘i, “Akvapark”, dor yo‘li, 7 restoranni o‘z ichiga olgan. “Ekspo” mehmonxonasi va Xalqaro savdo markazi ham uning hududida joylashgan.

“O‘zekspomarkaz”da har yili 50dan ortiq turli xalqaro ko‘rgazma tadbirlari bo‘lib o‘tadi, unda Yevropa, Osiyo, Amerika va Okeaniyaning 3 mingdan ortiq firma va tashkilotlari ishtirok etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so‘mlik issiqxona o‘rnatish tenderini yutib oldi
Dunyo
Lukashenko Belarus tashqi ishlar vaziri Makey bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi (foto)
Mahalliy
Nukus voqealarida ayblanayotganlar sudi davom etmoqda: asosiy gumonlanuvchilardan biri ikkinchisini firibgar deb atadi