Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax va Milliy olimpiya qo‘mitalari uyushmasi prezidenti shayx Ahmad Al Fahad Al Sabah 14-iyun kuni tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Qayd etilishicha, kecha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining yangi binosiga tashrif buyurgan mehmonlar bugun, 15-iyun kuni “Bunyodkor” stadioniga borishi va matbuot anjumani o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmat xizmati xabariga ko‘ra, Tomas Bax Tojikiston va Qirg‘izistonga ham tashrif buyurib, ushbu mamlakatlar rahbarlari va milliy olimpiya qo‘mitalari vakillari bilan uchrashadi.
Izoh (0)