Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Braziliya politsiyasi Italiya mafiyasi bosslaridan biri, 30 yildan qochib, yashirinib yurgan 56 yoshli Paskuale Skottini hibsga oldi. Kommersant.ru’ning xabar berishicha, mafiozi Resifi shahrida, Interpol va Braziliya politsiyasining hamkorlikdagi operatsiyasi vaqtida qo‘lga olingan.

Foto: Kommersant.ru

Foto: Kommersant.ru

Skotti Camorra mafiya guruhining Neapoldagi bossi bo‘lgan. 1980-yilda u 20dan ortiq qotillik bo‘yicha aybdor ekanligi aniqlangan, 1983-yilda hibsga olingan. Hibsga olish vaqtida yuz bergan otishma natijasida mafiozi bir necha jarohat olgan. 1984-yil dekabrida davolanayotgan joyi – qamoqxona kasalxonasidan qochib ketgan.

Minglab avtomobillar tekshirilgani va Italiya ko‘chalari bo‘ylab o‘tkazilgan reydlarga qaramay, karabinerlar qochoq mafiozni qo‘lga tushira olishmagan. 1991-yili u 20dan ortiq insonning o‘limida, o‘qotar qurolni noqonuniy ravishda saqlash va tovlamachilikda ayblanib, sirtdan ozodlikdan mahrum etilgan.

Braziliyada mafiozi o‘z tashqi ko‘rinishini o‘zgartirgan. Uni 30 yil avvalgi barmoq izlari orqali topishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘zi uchun yangi mamlakatda Skotti oilaparvar inson sifatida yashagan: uni farzandlarini maktabga olib kelgan vaqtda qo‘lga tushirishgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)