Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida yashovchi pensioner yurak xurujidan keyin o‘likxonada “tirildi”, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Otam hali ham bu voqeani xotirjam eslolmaydi. U o‘ziga kelganida, o‘liklar orasida ekanligini tushungan”, — dedi jabrlanuvchining qizi Irina Grechko.
Qizning so‘zlariga ko‘ra, uning otasi sil dispanserida zotiljam kasalligidan davolanayotgan bo‘lgan. 68 yoshli erkak yurak xurujini boshidan o‘tkazganidan so‘ng, u o‘likxonaga yuborilgan.
Grechko aytishicha, hodisadan u 4 kun o‘tgach xabar topgan. Shifokorlar bo‘lib o‘tgan voqeani yashirishga uringan. Ammo qiz bu ish bo‘yicha prokuraturaga murojaat qilmoqchi.
Izoh (0)