Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vudi Allenning yangi “Irratsional odam” filmi rasmiy treyleri internetda paydo bo‘ldi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, filmda bosh rollarni aktrisa Emma Stoun va aktyor Xoakin Feniks ijro etgan.

Foto: Korrespondent.net

Foto: Korrespondent.net

Film ssenariysini Alleni o‘zi mustaqil ravishda yozgan. Syujetga ko‘ra, ekzistensional inqiroz (hayotlik ma’nosi haqidagi masalada chuqur ruhiy noqulay ahvolga tushish, vahima holati)ni boshdan o‘tkazayotgan professor hayotini yangi yo‘nalishga burib, o‘z talabasi bilan ishqiy aloqaga kirishadi.

https://youtu.be/ZvOnxL2pKbI

Emma Stoun taniqli kinorejissyorning filmlarida ilk bor suratga tushayotgani yo‘q. Bungacha u Vudi Allenning “Oy nurining jodusi” kartinasida ishtirok etgandi.

“Irratsional odam” filmi premyerasi 13-24 may kunlariga rejalashtirilgan Kann kinofestivalining tanlovdan tashqari dasturida bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi