Buxoro shahar IIBga mahalliy aholi vakili ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning A. Somiy ko‘chasida joylashgan uyiga kirib, u yerdan ikki dona muzlatgich, kir yuvish mashinasi va LG rusumli televizorni o‘g‘irlab ketganini ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv tadbirlari natijasida ushbu o‘g‘irlikni jabrlanuvchining uyida ijarada turgan, Buxoro tumanida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlandi va qo‘lga olindi.
Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)