Toshkent shahridagi 35 ta chorrahada yo‘l harakati xavfsizligini boshqarishning kompyuterlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha loyiha doirasida qurilish ishlari yakunlanadi.
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan Toshkent shahar “Yagona buyurtmachi” injiniring kompaniyasi direktori Sobirjon Oripov ishtirokida tashkillashtirilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, bunday tizim poytaxtning jami 120 ta chorrahasida yaratiladi. Qolgan 85 ta chorrahadagi qurilish ishlari 2015-yil sentabr oyigacha yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Qurilish ishlari tugatilgan chorrahalarda xorij kompaniyasi maxsus uskunalarni o‘rnatish bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)