Art Modern Music xalqaro prodyuserlik markazi “Afsonaviy Yuriy Nikulin sirki”ning 19-apreldan 24-maygacha Toshkent davlat sirkida uyushtirilishi rejalashtirilgan gastrol konsertlari bekor qilinishi yuzasidan izoh berdi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar orasida hech qanday mojaro bo‘lmagan, shunchaki bitimning ba’zi jihatlari, jumladan, sirk brendidan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishilmagach, dastur bekor qilingan.
19-apreldan 24-maygacha Toshkent davlat sirkida Rossiya sirk yulduzlari ishtirokida tomoshalar bo‘lib o‘tadi. Dasturga o‘zgartirish kiritilmagan: ayiqlar, otlar, maymunlar va boshqa jonivorlar ishtirokidagi tomoshalar, shuningdek masxaraboz va akrobatlar chiqishlari bo‘ladi.
Tashkilotchilar ushbu vaziyat yuzasidan uzr so‘rab, “Afsonaviy Yuriy Nikulin sirki” uchun sotib olingan chiptalarni qaytarishni istovchilarga ular uchun to‘langan pullar qaytarilishi kafolatlanishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)