Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eron Rossiya, Xitoy va Hindistonni raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha NATO rejalariga qarshi birgalikda harakat qilishga chaqirdi. Bu haqda Eron mudofaa vaziri Husayn Dehgan Moskvaga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: rg.ru

Foto: rg.ru

“Xitoy, Eron, Rossiya va Hindiston o‘rtasida NATOning sharqqa qarab kengayishi va Yevropaga raketa qalqoni joylashtirishiga qarshi harakat qilish uchun ko‘p tomonlama mudofaa hamkorligini rivojlantirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashni istardim”, — dedi Dehgan.

Bu orada Vladimir Putin rossiyaliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida Rossiyaning Eronga C-300 zenit-raketali kompleksini yetkazib berish niyatini izohladi. Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, u mudofaa quroli bo‘lib, Isroil xavfsizligiga rahna solmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi