Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 7-aprel kuni Navoiy viloyati Karmana tumani “Agrotexservis” MChJda “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda rahbariyat, fuqaro muhofazasi tuzilmalari va FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: mchs.gov.uz

Foto: mchs.gov.uz

O‘quv mashqi 3-bosqichda o‘tkazildi:

1-bosqich: Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining saf ko‘rigi.

2-bosqich: Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining FVDT xizmatlari bilan hamkorlikdagi amaliy harakatlari;

Favqulodda vaziyat o‘chog‘ida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish, tibbiy guruh a’zolarining jarohat olgan xodimlarga birinchi tibbiy yordam berish harakatlari.

3-bosqich: O‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqining yakuniy muhokamasi.

O‘quv mashqi rahbari tomonidan Karmana tuman “Agrotexservis” MChJ rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibi favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga “Cheklangan tayyor” deb baholandi.

O‘tkazilgan mashq so‘ngida FM tuzilmalari bilan darslar samarasini yanada oshirish, o‘quv mashqi hujjatlariga aniqliklar kiritish, FM tuzilmalarni asbob-anjomlar bilan to‘liq ta’minlash borasida fikr va mulohazalar almashildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi