O‘zbekistonning sambo bo‘yicha o‘smirlar terma jamoasi Germaniyada bo‘lib o‘tgan ochiq chempionatda 12 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
14 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarning aksariyati uchun bu birinchi jiddiy xalqaro musobaqa bo‘ldi. Shunga qaramay, Tohirmalik Yusupov, Azimxon Sultonxo‘jayev, Islom Ahmadjonov, Shohnazar Pirnazarov, Mirzaahmad Tillaboyev, Yevgeniy Shcherbakov va boshqalar asosiy sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)