BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Iroqqa mamlakat rasmiy shaxslari bilan muzokaralar o‘tkazish uchun yetib keldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Pan Gi Mun Iroq xalqi va hukumatiga bunday qiyin davrda BMTning tayanch bo‘lishini bildirish uchun Bag‘dodga yetib keldi”, — deb yozdi BMTning Iroqdagi missiyasi 30-mart, dushanba kuni o‘z Twitter’ida.
Bosh kotib Iroq bosh vaziri Haydar al Obodiy va mahalliy hukumatning boshqa vakillari bilan uchrashishi kutilmoqda.
Izoh (0)