O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyevaning salomatligidan xorijliklar ham xavotirda, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.
“Qo‘l telefonim tinmayapti, har daqiqada kimdir qo‘ng‘iroq qiladi. Boshqa davlatlardagi muxlislarim ham ovozimdan xavotirda. Aslida tashvishlanishga o‘rin yo‘q, hozir muntazam shifokor nazoratidaman”, – dedi Yulduz Turdiyeva.
Xonanda avvaldan rejalashtirilgan konsert va tadbirlar sabab operatsiyani may oyiga qoldirdi. Biroq shifokorlar operatsiya qancha kechiktirilsa, ovoz shuncha zo‘riqishini ta’kidlamoqda, deyiladi manbada.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijodkorning ovoz pardalari bilan jiddiy muammolar kelib chiqqani xabar qilingan edi.
Izoh (0)