“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi bayram kunlarida Toshkent−Buxoro−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Sharq” tezyurar poyezdlarini yo‘lga qo‘yadi, deb xabar bermoqda UzReport.
20 va 22-mart kunlari Toshkentdan qo‘shimcha poyezd soat 18:44 da, 21 va 23 mart kunlari Buxorodan soat 17:30 da yo‘lga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston temir yo‘llari” bayram kunlarida Toshkent−Samarqand−Toshkent yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlarining ham qo‘shimcha reyslarini yo‘lga qo‘yadi.
Izoh (0)