VimpelCom Ltd xalqaro telekommunikatsiya guruhining bosh direktori Jo Lunder 13-aprel kuni iste’foga chiqadi. Bu haqda kompaniya saytiga joylashtirilgan press-relizda ma’lum qilingan.
Lunderning o‘rnini shu paytgacha Fransiyaning SFR aloqa operatorini boshqarib kelgan Jan-Iv Sharlye egallaydi. 13-iyulgacha Lunder kompaniyada maslahatchi sifatida qoladi.
Ma’lumot uchun, 18 mamlakatda 220 milliondan abonentga xizmat ko‘rsatadigan VimpelCom dunyodagi oltinchi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi hisoblanadi. Guruh tarkibiga 2009-yildan Rossiya, MDH va boshqa davlatlarda abonentlarga xizmat ko‘rsatuvchi Beeline kompaniyasi ham kirgan.
Izoh (0)