Cobo.uz sayti maktab o‘quvchilari uchun elektron darsliklarni taqdim etmoqda va ular asosida tanlovlar o‘tkazmoqda. Cobo’ning avvalgi tanlovida O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan 152 nafar maktab o‘quvchisi qatnashgan edi. Ulardan 36 nafari sovrin yutib olgan, jumladan 10 nafari LG f70 smartfonlari egasiga aylangan.
Cobo.uz o‘tkazayotgan tanlovlarda ishtirokchilar test savollariga javob berishlari kerak. Testlar shunday tuzilganki, o‘rtacha tayyorgarlik darajasiga ega istalgan o‘quvchi sovrindor bo‘lishi mumkin. Muvaffaqiyatning asosiy omili o‘quv materiallarini diqqat bilan o‘rganib chiqishdadir. Aynan shuning uchun Angor, Konimex, Yangi Nishon va Dehqonobodning qishloq maktablari vakillari avvalgi tanlovlarda Toshkentning eng yaxshi maktablari o‘quvchilari bilan muvaffaqiyatli bahs olib bordi.
2015-yilning 9-martidan 5—9-sinflar o‘quvchilari uchun yangi tanlovlar start oladi. Cobo.uz barcha istovchilarni tanlovga chorlab qoladi. Bosh sovrin tariqasida 10 ta Lenovo B50-30 noutbuki o’z egalarini topadi.
Cobo — bolalarga past narxda mustaqil tarzda qo‘shimcha ta’lim olishning yaxshi imkoniyatidir. Bunda testlar bilan mustahkamlangan bitta dars uchun 200 so‘m sarflanadi, bu bir o‘quvchi uchun oyiga o‘rtacha 3000-5000 so‘mni tashkil qiladi.
Cobo.uz saytidagi kontent o‘zbek va rus tillarida. Kontent mahalliy mualliflar tomonidan tayyorlangan. 2015-yil mart oyidan boshlab tuman xalq ta’limi bo‘limlari ko‘magi bilan Cobo.uz uchun yangi o‘quv materiallarini tayyorlashga Toshkent shahrining Yunusobod va Mirobod tumanlari o‘qituvchilari ham qo‘shildi.
Izoh (0)